Біз ынтымақтастық үшін ашықпыз

Басты бет Ынтымақтастық
Бөлімдерден ынтымақтастық туралы барлық қажетті ақпаратты алыңыз:
Құжаттар тізімі
Ынтымақтастық ережелері
Жаңа бизнес серіктестерге
Hujjatlar ro’yxati:
Yuridik shaxslar
uchun

- Guvohnoma yoki yuridik shaxsni davlat ro'yxatidan o'tkazish to'g'risidagi ko'chirma nusxasi (Guvohnoma).

- STIR raqami.

- Kompaniya rekvizitlari.

- Qo'shilgan qiymat solig'ini to'lovchi shaxsni ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi.

- Ustav nusxasi.

- Direktor pasportining nusxasi.

- Shartnoma imzolangan sanada yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar – tadbirkorlar va jamoat tashkilotlarining Yagona davlat reestridan ko'chirma (ko'chirma).

- Shartnomani imzolovchi shaxsning vakolatini tasdiqlovchi hujjat (rahbarni saylash to'g'risidagi ta’sischilar yig'ilishining bayonnomasi va lavozimga tayinlash to'g'risidagi buyruq yoki ustavga muvofiq boshqa hujjat).

- Zarurat tug’ilganda: agar bu narsa qonun hujjatlarida ko’zda tutilgan bo'lsa, tegishli faoliyat turini amalga oshirish uchun ruxsatnomani tasdiqlovchi litsenziya, guvohnoma yoki boshqa hujjat nusxasi.

- Hujjatlarning barcha sahifalari rahbarning imzosi va ushbu yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlanishi kerak.

Jismoniy shaxslar –
tadbirkorlar uchun

- Jismoniy shaxs – tadbirkorni davlat ro'yxatidan o'tkazish to'g'risidagi guvohnoma yoki ko'chirma nusxasi.

- Jismoniy shaxsga identifikatsiya kodini berish to'g'risidagi ma’lumotnoma nusxasi.

- Jismoniy shaxsning pasport nusxasi.

- Zarurat tug’ilganda: agar bu narsa qonun hujjatlarida ko’zda tutilgan bo'lsa, tegishli faoliyat turini amalga oshirish uchun ruxsatnomani tasdiqlovchi litsenziya, guvohnoma yoki boshqa hujjat nusxasi.

Hamkorlik qoidalari:
ERC biznes-hamkori maqomini olish uchun, ma'lum mezonlarga mos kelish va tegishli shartnoma va bitimlarni tuzish kerak. Rasmiy Shartnoma tuzish uchun og'zaki kelishuv majburiy hisoblanadi.
Umumiy qoidalar

- ERC bilan birgalikda savdo hajmi va assortimenti bo'yicha savdo o'sishini namoyon qiladigan, savdo kanalida narx ziddiyatlarini keltirib chiqarmaydigan, taklif etilayotgan mahsulotlar va qarorlarni ilgari suradigan hamkorlar ERC tomonidan tegishli darajada qo'llab-quvvatlanadilar.

- Biznes-hamkor maqomini olish uchun ushbu talablarga javob berish kerak:

- Shartnoma majburiyatlari va to'lov intizomiga amal qilish.

- Har chorakda, har yili o'sish yoki xaridlarning sezilarli va barqaror hajmini ta’minlashga imkon beradigan savdo infratuzilmasiga ega bo'lish.

  • Tavsiya etilgan narx siyosatiga yordamlashish.
  • Cheklangan tovar guruhlari bilan chegaralanib qolmasdan, taklif etilayotgan mahsulotlar va xizmatlar turlarini kengaytirish.
  • Biznes-hamkorga qo'shimcha axborot va maslahat xizmatlari bilan birga B2B ERC veb-saytining maxsus qismiga kirish parametrlari taqdim etilishi mumkin. Kelishilgan talablar bajarilmagan holatlarda, keyinchalik bunday kirishning taqdim etilishi maqsadga muvofiqligi ko'rib chiqiladi.
  • Hajmlar bo’yicha hamkorlik shartlari, sotish usullari bo'yicha tavsiyalar va boshqalar bajarilmagan holatlarda, biznes-hamkor yetakchi menejerdan belgilangan muddat davomida bunday sharoitlarni takomillashtirish taklifi bilan xabarnoma olishi kerak.
  • Hamkorlikning birinchi choragi har ikki tomon uchun test topshirish, sinov davri hisoblanadi. Sinov davri yakunida, yetakchi menejer natijalarni sarhisob qilish va kelgusi umumiy istiqbollarni izlash uchun yuzma-yuz uchrashuv o'tkazishni lozim topishi mumkin.
  • Tomonlar ushbu shartnomaning bandlariga muvofiq ravishda Hamkorlik bitimi va Shartnomani bekor qilish huquqiga egadirlar.
Jismoniy shaxslar va tadbirkorlar uchun –
Iltimoc

limidagi so'rov anketasini to'ldiring; Yangi biznes-hamkorlarga. Uni olgandan so'ng, vakolatli vakil sizga hamkorlik shartlari yoki keyingi uchrashuvni muhokama qilish uchun javob beradi. Biz asosiy mezonlarga mos kelmaydigan alohida talablarga javob bermaslik huquqini o'zimizda saqlab qolamiz.

Bir qator holatlarda, ERSning vakolatli vakili notarial tasdiqlangan ta'sis hujjatlari va yuridik shaxsni ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnoma nusxalari, soliq inspeksiyasining byudjet va byudjetdan tashqari fondlarga barcha darajadagi soliqlar va majburiy to'lovlar bo'yicha qarzdorlik yo'qligi to'g'risida ma’lumotnomalar, bo'lajak hamkorga xizmat ko'rsatuvchi bankning uning to'lov qobiliyati to'g'risidagi ma'lumotnomasi, o'tgan davr uchun balans hisobotining tasdiqlangan nusxasini taqdim etishni talab qilishi mumkin.

Ishning boshlanish bosqichida ERC kompaniyasining ichki qoidalariga muvofiq ravishda boshqa ma'lumotlar va hujjatlar ham talab qilinadi. Masalan, ERC veb-saytining buyurtma tizimi va B2B axborot tizimiga kirishga ruxsat etilgan shaxslarning ro'yxati yoki ombordan tovarlarni qabul qilishga ruxsat etilgan shaxslarning ro'yxati.

Sinov muddati tugagandan so'ng va barcha majburiyatlar bajarilgandan keyin, hamkorlar ERC veb-saytining B2B qismining to'liq ma'lumotlariga ega bo'lish va ERC onlayn-tizimida buyurtmani rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Bundan tashqari, mahsulotlar maqomi, ombordagi mahsulotlarning holati va tovarlarning kelib tushish rejasi to'g'risidagi tezkor ma'lumotlardan foydalanish, narx trendlari, yangiliklar, maxsus takliflarni kuzatib borish, shuningdek faol hamkorlikka ko’maklashuvchi boshqa muhim ma'lumotlarni o'rganish imkoniyati paydo bo'ladi.

Ko’rsatilgan barcha talablarni bajargan va kerakli hujjatlar to'plamini taqdim etgan hamkorlar sotish hajmining sifati va o'sish sur'ati, moliyaviy intizom, ERC talablariga muvofiqligiga qarab to'lovlarni kechiktirish va / yoki tovar kreditining muddatini uzaytirish imkoniyatiga ega bo’ladilar..

Tafsilotlar va boshqa takliflar qo'shimcha ravishda uchrashuvda muhokama qilinadi.

Жаңа бизнес-серіктестерге
Коммерциялық атауы (сауда маркасы, дүкен атауы): *
Компанияның заңды атауы және меншік формасы: *
Қала: *
Кеңсе телефоны: *
WEB-парақ:
Физикалық мекен-жай (дүкен), қызметтерді көрсету мекен-жайы: *
Компания туралы мәлімет: *
Сіздің қалауыңыз бойынша қосымша ақпарат:
Байланысушы тұлға (аты-жөні, лауазымы): *
Электрондық пошта: *
Телефон: *
Қызықтыратын тауар топтары мен сауда маркалары: *
* Міндетті жол
"Жіберу" батырмасын басу арқылы сіз дербес деректерді өңдеуге келісім бересіз
Мәзір
Тауарлар каталогы
Тауарлар каталогы